Rafael Fiziev- Mateush Gamrot jangida kim g‘alaba qozonadi? O‘zbek yakkakurash olamiz vakillari javob berdi

  • 21 sentabr, 2023, 15:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

23 sentyabr kuni "UFC Fight Night 228" turniri bo‘lib o‘tadi. Markaziy jangda engil vazn (70,3 kg) toifasi vakillari Mateush Gamrot hamda Rafael Fiziev to‘qnash keladi. Biz an’anaga sodiq qolgan holda, o‘zbek yakkakurash olamiz vakillarining ushbu jang borasidagi fikrlariga quloq tutdik.

Tecno

Xojiakbar Hakimov - O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi raisi

- Bu jang juda ham qiziqarli tarzda o‘tadi, deb o‘ylayman. Rafael Fizievning  jangdagi imkoniyatlarini yuqori baholagan bo‘lardim. Biroq, bu UFC va oldindan biror bir fikr bildirish qiyin. Barchasini jang ko‘rsatadi.

IMG_20230921_144828_803

Mavlonbek Qahhorov - muaytay va K-1 jangchisi

- Ikkisi ham juda mahoratli jangchilar sanaladi. To‘g‘risi, imkoniyatlar borasida bir nima deya olmayman. Ammo, Fizievni yutishini xohlayman va unga muxlislik qilaman. Sababi, u bizning muaytaydan MMAga o‘tgan sportchi hisoblanadi.

IMG_20230921_141725_250

Mavlud Tifiev - muaytay, K-1, MMA jangchisi

- Rafael Fizievning bu jangda g‘alaba qozonishiga shubha qilmayapman. Chunki uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Tailandda ko‘p o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida birga bo‘lganman va qadrdonmiz desam ham bo‘ladi. Gamrot kurashchi va Rafaga albatta "parter"da qiyin bo‘lishi mumkin. Ammo, u jangni "parter"ga ko‘chishiga yo‘l qo‘ymaydi, himoyasi mustahkam. O‘ylaymanki, muddatidan avval Rafa g‘alaba qozonadi.

IMG_20230921_144116_713

Ramziddin Omonov - MMA jangchisi

- Mateush Gamrotning ba’zasi erkin kurash sanaladi. Janglarida asosan kurashadi. Arman Tsarukyanni ham mag‘lub qilgan. Fiziev esa "stoyka"da kuchli. Agar, jang to‘liq davom etsa, ochkolarga ko‘ra Gamrot yutadi. Biroq jang muddatidan avval yakunlanishi mumkin. Imkoniyatlar 60/40 Fizevda yuqori.

IMG_20230921_144025_242

Mavlonbek Mavlonov - murabbiy

- Gamrot greppler, Fiziev "stoyka"chi bundan Gamrotda imkoniyat ko‘proqdek, tuyulishi mumkin. Ammo, men boshqacha fikrdaman. Ya’ni, Fizievning Dos Anos kabi greppler bilan jangini ham ko‘rgandik. U o‘zini kurashini Fizievga o‘tkaza olmagandi. Xuddi shu stsenariy takrorlanadi va Fiziev muddatidan avval nokaut yoki texnik nokaut bilan g‘alaba qozonadi.

 

Timur Ma’murjonov - MMA jangchisi

- Menimcha bu jangda Rafael Fiziev g‘alaba qozonsa kerak. U anchagina yaxshi jismoniy holatga ega ekanligini Jastmn Getjiga qarshi jangida ham ko‘rdik. Keyin o‘sha mag‘lubiyatni yopish uchun ham bor imkoniyatini ishga soladi. Imkoniyatlarni 60/40 degan bo‘lardim.

IMG_20230921_144009_511

Humoyun Mahkamov - MMA jangchisi

- Yaxshi jang bo‘ladi, Fiziev muxlislarga yoqadigan jang namoyish etadi.Gamrotni ham shu toifaga qo‘shgan bo‘lardim. Ha, Fizievda juda kuchli zarba bor. Muaytaydan chiqqani uchun Gamrot unga "stoyka" da qarshilik ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun u o‘zining kurashidan foydalanadi. Gamrotning kurashiga Fiziev qanchalik chora topa oladi, jang natijasi shunga bog‘liq bo‘ladi. Menimcha jang ochkolar hisobida Gamrotning foydasiga yakunlansa kerak.

IMG_20230921_144217_512

Javohir Abdug‘aniev - MMA jangchisi

- Rafael Fiziev zo‘r jangchi, uning harakatlari menga yoqadi. Ammo Gamrotning kurashi kuchli. Uning ba’zasi erkin kurash va u bundan yaxshi foydalanadi, deb o‘ylayman. Jang to‘liq davom etadi va ochkolar hisobida Gamrot g‘alaba qozonsa kerak.

IMG_20230921_144338_519

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!