
Rafael Nadal joriy yilgi mavsumdagi 23 - g‘alabasiga erishdi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal Rim shahrida o‘tgan turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa musobaqa finalida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Nadal, joriy yilgi mavsumda 23-o‘yinida g‘alaba qozondi va o‘yinlarda g‘alaba qozonish bo‘yicha uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Ushbu jadvalda germaniyalik Aleksandr Zverev 30ta g‘alaba bilan birinchi pog‘onada turgan bo‘lsa, avstriyalik Dominik Tim 25 g‘alaba bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. 23 tadan g‘alabaga erishgan Rafael Nadal va argentinalik Xuan Martin Del Potrolarda jadvalda uchinchi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar