Raja Nainggolan yangi mavsumni Turin klubida boshlashi mumkin

  • 27 iyun, 2019, 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

ANSA nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchiga “Torino” xaridor bo‘lmoqda. Gap shundaki Nainggolan turinliklar bosh murabbiyi Valter Madzarrining o‘yin uslubiga mos kelishi aytilmoqda.

O‘z navbatida “Inter” Nainggolanni ijaraga berib yuborishga tayyor. “Neradzurrilar” xatto uning yarim maoshini ham to‘lab berishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Raja Nainggolan o‘tgan mavsum A Seriyada jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va 6ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!