
Rakitich: "Barselona"ga qarorimni ma’lum qilganman
"Men 10 yoki 15 kun avval klubga so‘nggi qarorimni aytib bo‘lganman. Mening yana bir yillik shartnomam bor. Men bu erda baxtliman va hali beri ketishni o‘ylamayapman. Oilam ham Kataloniyada ekanligidan xursand.
Sen yaxshi shug‘ullanmas ekansan, "Barselona"da maydonga tushishing amri mahol. Endi yaxshiroq harakat qilib, jamoada ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishga intilaman", - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Fikrlar