Rakitich yoki Vidal? Ulardan biri "Barselona"ni tark etadi

  • 26.07.2019 08:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Barselona” yarim himoyachilari Ivan Rakitich va Arturo Vidaldan biri yangi mavsumda asosiy tarkibga kira olmasligi mumkin.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoaga Frenki de Yong kelib qo‘shilgach, maydon markazida o‘ynashga da’vogarlar soni 9 taga etgan. Bosh murabbiy Ernesto Valverdega Rakitich va Vidalning o‘yin uslubi yoqadi. Biroq, u PSJdan Neymarni sotib olish uchun ushbu ikki xavbekdan biri transferga qo‘yilishini sezib turibdi.

Ma’lumotlarga qaraganda chililik futbolchiga “Inter” qiziqmoqda. Rakitich esa “Kamp Nou”dan ketmoqchi emas. Xorvatiyalik futbolchi “Barsa”da qolib, yangi mavsumda asosiy tarkibga kira olishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!