
Rakitich "Yuventus"ga, Bernardeski esa "Barsa"ga keladimi?
"Barselona" va "Yuventus" klublari o‘zaro futbolchi almashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra gap Ivan Rakitichni Federiko Bernardeskiga almashtirish masalasida ketmoqda. Ta’kidlash kerakki, ushbu futbolchi almashtirish aslida o‘tgan yoz amalga oshirilishi mumkni edi. Biroq, o‘shanda kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde ushbu transferga qarshi chiqqan edi.
Aytish lozimki, “Yuve” Bernardeski Rakitichdan 6 yosh kichkina ekanligi bois “Barsa”dan qo‘shimcha mablag‘ talab qilmoqda.
Xorvatiyalik futbolchi “keksa sinora” bilan shaxsiy shartnoma bandlarini kelishib olgan. Bernardeski esa bu borada kelishuvga erishgani hozircha noma’lum.
Fikrlar