
Rakitskiy "Zenit" safida o‘ynashdan bosh tortmoqda
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi markaziy himoyachisi Yaroslav Rakitskiy jamoani tark etmoqchi, deb xabar bermoqda “Export” telegram-kanali.
Manbaga ko‘ra, ukrainalik futbolchi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayapti, rasmiy o‘yinlarda maydonga tushishdan bosh tortmoqda va “Zenit” safida boshqa o‘ynamasligini ma’lum qilmoqda.
O‘z navbatida "Zenit" rahbariyati klub imiji tushishidan qo‘rqib, futbolchining ketishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Joriy mavsumda Rakitskiy 23 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.
Fikrlar