
Ramazon Temirov UFC bilan shartnoma imzoladi!
O‘zbekistonlik taniqli MMa jangchisi Ramazon Temirov rasman UFC bilan shartnoma tuzdi va u jahonning eng kuchli promoushenida 12 oktyabr kuni debyut qiladigan bo‘ldi. Ma’lumki, yurtdoshimiz bunga qadar yana bir nufuzli liga Rizin da o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgandi. Hamyurtimiz hozirda 9 ta g‘alabali seriyaga ega. U super engil (57,6 kg) hamda o‘ta engil (61,2 kg) da oktagonga ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun, Temirov faoliyati mobaynida 15 ta g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.
Fikrlar