Ramos "Barselona"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin

  • 7 fevral, 2021, 12:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" himoyachisi Serxio Ramos tizzasidan operatsiya qilindi. Uning tiklanishi uchun 2 oy vaqt talab etilishi aytilmoqda.

Agar shifokorlarning ushbu taxmini to‘g‘ri chiqsa, “Qirollik klubi” sardori 11 aprel kuni  "Barselona”ga qarshi bo‘ladigan “el-klasiko”da ishtirok eta oladi. Ammo u EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan "Atalanta"ga qarshi o‘yinda aniq o‘ynay olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ramos 14 yanvardan buyon maydonga tushmayapti. U joriy mavsum 18 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!