
Ramos EChL ilk turi oldidan mashg‘ulotlarda qatnashmadi
"Real" sardori Serxio Ramos UEFA Chempionlar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
34 yoshli himoyachi bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmadi. Ramos La Liga 6-turidan o‘rin olgan "Kadis"ga qarshi bellashuvda jarohat olib, 2-taym boshida zaxiraga olingan edi. Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, jarohat u qadar jiddiy emas va himoyachi "Barselona"ga qarshi o‘yingacha tiklanishi kutilmoqda.
Madridliklar 21 oktyabr kuni Chempionlar Ligasi 1-turida "Shaxtyor"ni mehmon qiladi.
Fikrlar