Ramos Evropa rekordini "urdi", navbat jahon rekordiga

  • 15 noyabr, 2020, 00:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos ayni damda Shveytsariyaga qarshi bo‘lib o‘tayotgan UEFA Millatlar ligasi uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Tecno

Bu 34 yoshli futbolchi uchun terma jamoa safidagi 177-o‘yin bo‘ldi. E’tiborlisi, Ramos Evropa qit’asida terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Janluiji Buffonni (176) ortda qoldirdi va mutlaq rekordchiga aylandi.

Bu boradagi jahon rekordi esa misrlik Ahmad Xasanga tegishli. U terma jamoasi libosida naqd 184 ta bellashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!