Ramos: Ispaniya terma jamoasi men uchun qanchalik muhimligini hamma yaxshi biladi

  • 8 sentabr, 2023, 10:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya"ning 37 yoshli himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasiga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

"O‘tgan yili men terma jamoani tark etishga qaror qilgandim, lekin agar qaytishga majbur bo‘lgan holatlar bo‘lsa, men albatta buni qilaman. Ispaniya terma jamoasi men uchun qanchalik muhimligini hamma yaxshi biladi”, - deydi Ramos "Football Espana" nashriga bergan intervyusida.

Markaziy himoyachi milliy terma jamoa safida 180 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urgan va 8 ta golga assistentlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Ispaniya Evro—2024 saralash bosqichi 3-turi doirasida Gruziyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!