Ramos jarohatidan forig‘ bo‘ldi va safga qaytdi

  • 22 noyabr, 2018, 15:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos son mushaklaridan olgan jarohatidan sog‘ayib safga qaytdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli himoyachi jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan va u La Liga doirasida yaqinlashib kelayotgan “Eybar”ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera oladi.

Ma’lumot uchun, Ramos joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

"Eybar" - "Real" bahsi 24 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!