Ramos La Ligaga qaytmoqchi edi. Ammo...
PSJ bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga etgan Serxio Ramos ayni dam erkin agent bo‘lib turibdi. Uning keyingi manzili hopircha noma’lum. Ammo 37 yoshli himoyachi Ispaniyaga qaytmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
"Relevo" nashri xabar berishicha, Ramos "Sevilya"ga o‘tmoqchi edi, lekin klub bunga rozi bo‘lmadi va hech qanday muzokaralar o‘tkazilmadi. Ramosga Saudiya Arabistonidan ham takliflar bor. Futbolchi tez orada faoliyati borasida qaror qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Serxio faoliyatini "Sevilya"da boshlagan. U 2005 yili "Real"ga 27 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi.



Fikrlar