Ramos PSJga kerak emas. Parij klubi eng zo‘r futbolchi transferi ustida ishlamoqchi

  • 17 noyabr, 2020, 11:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" "Real" himoyachisi Serxio Ramos transferini amalga oshirmoqchi emas.

Tecno

Parijliklar rahbariyati hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnomani uzaytirishni asosiy maqsadi sifatida ko‘rmoqda.

Oldinroq, PSJ ispaniyalik futbolchiga yiliga 20 million evro maoshga ega 3 yillik kelishuv taklif qilmoqchiligi haqida xabar berilgan edi. Biroq Parij klubi 2022 yil iyunida shartnomasi yakuniga etadigan Mbappe bilan kelishuvni uzaytirish haqida ko‘proq bosh qotirmoqchi.

As nashri manbasi 21 yoshli forvardning o‘zi ham PSJda qolish niyatidaligini xabar qilmoqda. Agar tomonlar kelishuvni amalga oshirsa, unda Mbappening tovon puli 180 milliondan 222 million evrogacha ko‘tarilishi, shuningdek, u jahonning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!