Ramos qiyin ahvolda

  • 4 aprel, 2022, 19:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real”dagi yulduzli faoliyatidan keyin PSJga o‘tgan Serxio Ramos parijlik muxlislarning ko‘nglini topa olgani yo‘q. Jarohati tufayli ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan tajribali himoyachi yangi klubiga hech qanday foyda keltirmayapti.

Serxio Ramos yanvar oyidan beri ilk bor maydonga tushdi. Maurisio Pochettino chempionat doirasida “Loryan”ga qarshi o‘tkazilgan bellashuvning 72-daqiqasida ispaniyalik himoyachini maydonga tushirdi.

PSJ muxlislari Serxio Ramosni hushtakbozlik bilan kutib oldi. Shunga yarasha himoyachining o‘zi ham birorta samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.

O‘tgan yili yozda Parijga kelgan 35 yoshli o‘yinchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Ramos barcha turnirlarda oltita uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!