Ramos "Real"da qolmoqchi
"Real" hali ham tajribali himoyachi, jamoa sardori Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirgani yo‘q. Bundan avvalroq, OAV Ramos “Qirollik klubi”ning barcha takliflarini rad etgani haqida xabar tarqatgan edi.
Futbolchining yaqinlari AS nashriga ma’lum qilishicha, Ramos “Real”ning takliflarini rad etmagan. Chunki unga hali ham yangi shartnoma taklif qilinmagan.
Ramos "Real"da qolmoqchi. Uning klub prezidenti Florentino Peres bilan ham munosabatlari juda yaxshi.
Serxio Ramos jarohati sabab, 14 yanvardan buyon maydonga tushmayapti. U joriy mavsum “Real” safida jami 18 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar