Ramos va Marselo mashg‘ulotlar paytida o‘zaro janjallashib ketishdi

  • 11.03.2019 08:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubining ikki futbolchisi - Serxio Ramos va Marselo mashg‘ulotlar paytida o‘zaro janjallashib ketishgan.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Marselo mashg‘ulot paytida o‘tkazilgan ikki tomonlama o‘yinda urgan golini boshqacha his hayajon bilan nishonlagan. Bu holat esa Ramosga yoqmagan. Natijada ispaniyalik futbolchi braziliyalik jamoadoshiga tashlanib qolgan. Keyin esa Marselo Ramosga barcha gollarini shunday nishonlashini aytgan. Oradan biroz vaqt o‘tib esa ular yarashib olishgan.

Ma’lumot uchun, Ramos joriy mavsum 39ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. 24ta o‘yinda ishtirok etgan Marselo hisobida esa 3ta gol hamda 4ta golli uzatma mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!