"Ramos xato qilganini biladi, u afsuslanmoqda" - Guti

  • 20 aprel, 2022, 16:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yozda "Pari Sen-Jermen" tarkibiga borib qo‘shilgan Serxio Ramos o‘zidan kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadi.

"Real" sobiq futbolchisi Guti hamyurti haqida fikr bildirdi. "Ramos Madridni tark etganidan afsuslanmoqda. U xato qilganini biladi. Serxio Florentino Peresning imkoniyatlarini past baholagan va prezident nimani xohlasa, shuni qiladi deb o‘ylardi. Aslida, Peres uchun "Real" barchasidan ustun",-deydi ispaniyalik sobiq futbolchi.

Ramos iyun oyida 16 yillik faoliyatidan so‘ng "qirollik klubi"dan PSJga o‘tgandi. Shundan so‘ng u ko‘p jarohat olib, yangi jamoasiga deyarli yordam bera olmadi, 8 o‘yin, 393 daqiqa va 1 gol.

Avvalroq, parijliklar rahbariyati "El-kapitano" bilan xayrlashishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!