
Ramzan Kadirov: Javob beramanki, Emelyanenkoni bir zarba bilan yiqitaman
Checheniston prezidenti Ramzan Kadirov MMAning og‘ir vazn toifasidagi Aleksandr Emelyanenkoni bir zarba bilan nokaut qilishini ishonch bilan aytdi.
"Mashg‘ulotlar davomida, mendan yana Aleksandr Emelyanenkoga qarshi jang borasida so‘rashdi.
Aniq javob berishim mumkin. Agar Emelyanenko bilan oktagonga chiqsak, 5-raundda bitta aniq zarba bilan nokaut qilaman. Shuning uchun, kuting!
Dastlab, 4 raund davomida ring bo‘ylab yuguraman va so‘nggi raundda bitta aniq zarba beraman. Hullas, topib ko‘ringchi, zarbani gavdasiga beramanmi yoki boshiga?" - dedi Kadirov.
Fikrlar