
Raneri bir yillik tanaffusdan so‘ng yana murabbiylikka qaytishi mumkin
Italiyalik mashhur mutaxassis Klaudio Raneri yana murabbiy faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 71 yoshli Raneri “Kalyari” bilan muzokaralar olib bormoqda. Sardiniyaliklar u bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ranerining so‘nggi ish joyi "Uotford" klubi bo‘lgan edi. U ingliz jamoasini 2022 yilning yanvarida tark etgan.
Fikrlar