Raneri "Roma" bilan shartnoma imzolash uchun Rimga etib keldi

  • 8 mart, 2019, 16:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Eusebio Di Francheskoni iste’foga chiqargan “Roma” klubining yangi bosh murabbiyi Klaudio Raneri bo‘ladi. Bu haqda RomaPress nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 67 yoshli italiyalik mutaxassis bugun yangi jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun Rimga uchib keldi. U endi odatdagidek tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng klub rahbariyati bilan uchrashadi. Kechki payt esa “Roma” mashg‘ulotlariga tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, Ranerining so‘nggi ish joyi Londonning “Fulxem” klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!