Rangnik "Arsenal"ga qarshi o‘yinda MYuni boshqarmaydi

Maykl Kerrik Angliya Premer-Ligasi 14-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi bahsda Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatida "qizil iblislar"ni maydonga boshlab tushadi. Bu haqda klub mutbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning yozishicha, mankunianliklar yangi ustozi Ralf Rangnik koronavirus cheklovlari sababli ishga kirisha olmaydi. MYu 63 yoshli mutaxassis 5 dekabr kuni "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishiga umid qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Arsenal" o‘yini 3 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:15da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!