
Rangnik boshqa klub bilan ishlashga rozi bo‘ldi
Ralf Rangnik “Manchester Yunayted”ning bosh murabbiyi sifatida doimiy ishlashga tasdiqlanmaydigan bo‘lsa, Angliya premer-ligasining boshqa jamoasini qabul qilib olishga tayyorligini aytmoqda.
Avvaliga “Yunayted”ni mavsum oxirigacha vaqtinchalik boshqarishga rozilik bergan germaniyalik murabbiy matbuot anjumanlarining birida ishini keyinchalik ham davom ettirishni istayotganini bildirdi.
Manchesterliklar esa, yozda boshqa mutaxassisni bosh murabbiylikka olib kelib, Ralf Rangnikni klub strategiyasini rivojlantirish bo‘yicha konsultant lavozimiga o‘tkazishni rejalashtirayotgan edi.
Klub germaniyalik mutaxassisga 2024 yilning yozigacha shartnoma taklif qilmoqchi. Biroq, 63 yoshli murabbiy mustaqil tarzda premer-liga jamoalaridan birini boshqarishni ustun qo‘ymoqda.
Fikrlar