
Rangnik Kavaniga kutilmagan zarba berdi
Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga kelganidan keyin asosiy tarkidan uzoqlashib ketgan Edinson Kavani qishki transferlar vaqtida boshqa jamoaga o‘tishga qaror qilgandi.
Urugvaylik to‘purarga Evropa va Janubiy Amerikaning bir necha klublaridan jiddiy takliflar bo‘ldi.
Biroq, manchesterliklar bosh murabbiyi Ralf Rangnik Edinson Kavani shartnomasi tugagunga qadar, ya’ni mavsum oxirigacha Manchesterdan ketmasligini uqtirdi.
- Biz Kavani bilan gaplashdik va u men unga yanvarda ruxsat bermasligimni biladi. U bizga kerak. Men uning qolishini istayman. So‘nggi bir necha haftada ikki marta gaplashdik. Men unga birinchi kundan biz uchun muhim o‘yinchi ekanini ta’kidlab kelaman.
Uning professionalligi va ishga munosabati hayratlanarli darajada. Men uni qanday qadrlashimni va hurmat qilishimni yaxshi biladi. Bir necha o‘yinchilar ketmoqchi ekanidan xabarim bor. Lekin Kavani uni qo‘yib yubormasligimni aniq biladi, - dedi Ralf Rangnik.
Fikrlar