Rangnik “Manchester Yunayted”ning eng katta muammosini oshkor qildi

  • 11 yanvar, 2022, 16:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoaning muvaffaqiyatsizliklariga o‘yinchilarning tanballigi sabab bo‘layotganini ochiq aytdi.

Germaniyalik mutaxassis “Manchester Siti” va “Liverpul” futbolchilarining yorqin o‘yiniga havas qilyapti. Uning fikricha, liganing ayrim o‘rtamiyona jamoalari ham shogirdlaridan yaxshi o‘ynayapti.

“Yunayted” futbolchilari esa Rangning taktikalarining asosi hisoblangan yuqori tempdagi pressingdan umuman foydalana olmayapti. Buning uchun maydondagi futbolchilardan yuqori jismoniy tayyorgarlik va katta mehnat talab qilinadi.

- Pressing biz yuqori saviyali turnirda raqobat qila olishimizni ta’minlaydigan yagona usul. Uchrashuvlarni kuzatsangiz, top-darajaga da’vogarlik qilmaydigan jamoalarning aksariyati bizdan shiddatli o‘ynaydi. Ular jismonan yaxshi tayyorlangan va jamoavi ruhi bor. Bizga aynan mana shu narsalar etishmaydi. Biz o‘z o‘yin uslubimizni qo‘llashni o‘rganaylik, - dedi Ralf Rangnik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!