
Rangnik MYu muxlislariga noxush xabar aytdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning jarohatidan tiklanish jarayoni kutilganidan ancha uzoq davom etishini ma’lum qildi.
Pogba noyabr oyida Frantsiya terma jamoasi safida jarohat olgan edi. Rangnikning ta’kidlashicha, tajribali o‘yinchining to‘liq tiklanishi uchun yana 4-5 hafta kerak bo‘ladi.
- Menga ma’lum qilishlaricha, Pogba mashg‘ulotlarni boshlashi uchun yana kamida 4-5 hafta kerak bo‘ladi. Biz uni tezroq safga qaytishini kutyapmiz. Jarohatidan qutilganidan keyin ham sport formasini tiklashi uchun vaqt kerak bo‘ladi, - dedi Ralf Rangnik.
Pogbaning klub bilan hamkorligi mavsum oxirida yakunlanadi. Hali tomonlar yangi bitim borasida kelishuvga erishgani yo‘q.
Fikrlar