
Rangnik MYuga birinchi olib kelinadigan ikki futbolchi nomini oshkor qildi
“Manchester Yunayted”ga kelgan germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik ishni tarkibning zaif nuqtalarini kuchaytirishdan boshlaydi.
Yangi bosh murabbiy qishki transferlar vaqtida jamoaga bir nafardan himoyachi va yarim himoyachi olishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda, u klub mutasaddilaridan “Leyptsig”ning ikki futbolchisi – yarim himoyachisi Kristofer Nkunku va himoyachi Nordi Mukiele transferi bo‘yicha ish boshlashni so‘radi.
Ralf Rangnik talab qilayotgan o‘yinchilarning xaridori ko‘p. Mukiele ayni paytda 25 million evroga baholanyapti.
Joriy mavsumda Bundesligada 13 ta uchrashuvda beshta gol urib, to‘rtta golli pas oshirgan Nkunkuning narxi 47 million evrogacha ko‘tarildi.
Fikrlar