Rangnik: Pogba ketsa, ketaversin!

  • 12 dekabr, 2021, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgan Ralf Rangnik jamoa yulduzi Pol Pogba klubdan ketishni istasa, unga to‘sqinlik qilmasligini bildirdi.

Jarohatidan tiklanish arafasida turgan frantsiyalik futbolchi mavsum yakunida erkin agentga aylanadi. Klub rahbariyati bu yarim himoyachini yangi bitim imzolashga ko‘ndira olgani yo‘q.

Yanvarda Pogba o‘zi istagan jamoalar bilan muzokara o‘tkazishi va dastlabki kelishuvni imzolashi mumkin bo‘ladi.

Rangnik 28 yoshli shogirdining bu ishlariga aralashmasligini ma’lum qildi.

- Men u ushlab qolishga arzimaydi, degan fikrdan yiroqman. Lekin o‘yinchilar “Manchester Yunayted”dek katta klublarda o‘z ixtiyori bilan o‘ynashi kerak. Agar futbolchining o‘zi “Manchester Yunayted”da to‘p tepishni istamasa, uni ko‘ndirishdan ma’no yo‘q.

Pogba davolansin, tiklansin, mashg‘ulotlarga qaytsin, uyog‘i nima bo‘lishini keyin ko‘ramiz, men faqatgina uni shug‘ullantirmayman. Qo‘l ostimdagi har bir futbolchini yanada yaxshiroq darajaga olib chiqish uchun qo‘limdan kelganini qilaman, - dedi Ralf Rangnik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!