Rangnik va Ronaldu mojarosi. U ataylab Krishtianuni qaydnomaga kiritmadi(mi)?

  • 7 mart, 2022, 15:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu APL 28-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ralf Rangnik portugaliyalik forvardni jarohat olgani tufayli qaydnomaga kiritmaganini aytgandi. 

Ronalduning singlisi Kate Aveyro instagramda Rangnik Krishtianuni shunchaki qaydnomaga kiritishni xohlamagani haqida yozilgan postga layk bosdi. Xabar mazmuni quyidagicha edi:  

MYu bosh murabbiyi "shaharliklar"ga qarshi o‘yinda himoyaviy taktika tanlamoqchi bo‘lgan. Shu sababli, Krishtianu hatto zaxirada ham yo‘q edi.

Eslatib o‘tamiz, mankunialiklar ushbu bahsda 4:1 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi. 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!