Rangnik “Yunayted” kamchiligini topdi va uni yopish uchun mana shu uch futbolchi kerak

  • 13 dekabr, 2021, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik maydon markazidagi pozitsiyalarni jamoaning eng zaif nuqtasi sifatida qayd etdi va klub rahbariyatiga bu muammoni bartaraf etish uchun uch nafar futbolchini olishni tavsiya qildi.

Birinchi navbatda, germaniyalik mutaxassis “Leyptsig” yarim himoyachisi Amadu Aydarni olishni so‘ramoqda. Agar manchesterliklar malilik 23 yoshli futbolchini oladigan bo‘lsa, Bundesliga vakili 33 million funt to‘lashi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, germaniyalik mutaxassis “Borussiya”da o‘ynayotgan Jud Bellingemni ham Angliyaga qaytarishga tayyor. Uchinchi nishon sifatida “Lisd” etakchisi Kalvin Fillips belgilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!