Raqib “Barelona”ning ikki hujumchisidan biri tanlashi kerak

  • 26 iyul, 2024, 15:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatida “Barselona”ning raqiblaridan hisoblangan “Sevilya” kataloniyaliklar tarkibiga sig‘may qolayotgan iste’dodli hujumkor futbolchilardan biri yordamida tarkibini kuchaytirishga urinmoqda.

Todofichajes nashrining yozishicha, andalusiyalik yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar Vitor Roke yoki Ansu Fatini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Har ikki futbolchi ham “Barselona” asosiy tarkibida muqim o‘rniga ega emas va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klubga o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Vitor Roke yil boshida Braziliyadan olib kelingandi. Biroq iqtidorli o‘yinchiga o‘zi kutgan darajada ko‘p o‘yin amaliyoti berilmadi.

Ansu Fati esa, mavsumni ijara asosida “Brayton”da o‘tkazdi. Angliya klubi hujumkor futbolchini to‘liq transfer qilish huquqidan foydalanmasdan, uni Kataloniyaga qaytarib yubordi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!