
Raqib Mourinodan futbolchi so‘rayapti
A Seriyaga chiqqan “Montsa” klubi “Roma” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Rikkardo Kalaforini o‘z safiga qo‘shib oliga harakat qilmoqda.
Sky Sport Italia nashrining ma’lum qilishicha, debyutant jamoa vakillari 20 yoshli himoyachini so‘rab, Rim klubiga murojaat qildi.
“Montsa” murabbiylar shtabi bu o‘yinchiga kelasi mavsum etarli darajada o‘yin amaliyoti berishga tayyor ekanini bildirdi. Ularning rejasida chap qanot himoyachining transfer huquqini sotib olish varianti ham bor.
Kalafori o‘tgan mavsumni ham ijara asosida “Jenoa” safida yakunlagan. U “Roma” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar