Raqobatda Shomurodovni enggan hujumchi terma jamoadan taklif oldi

  • 5 oktabr, 2021, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bir yillik tanaffusdan so‘ng Temmi Abraxamni yana safga qaytardi.

Tecno

Aslida angliyalik hujumchi yana terma jamoaga qaytish maqsadida “Chelsi”dan “Roma”ga o‘tgan edi. Chunki, Abraxam “aristokratlar” Romelu Lukakuni xarid qilganidan keyin asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi. Qolaversa, Tomas Tuxel “Chelsi”ni qabul qilganidan keyin Abraxamning o‘yin amaliyoti cheklanib qolgan edi.

Joze Mourino qo‘l ostida yosh hujumchi yana avvalgi saviyasiga chiqib oldi. “Roma”ning eng qimmat transferi va asosiy hujumchisiga aylangan Temmi Abraxamga Sautgeyt ham imkon beradigan bo‘ldi.

Angliya terma jamoasi 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionati saralash turniri doirasida 9 oktyabr kuni Andorra va 12 oktyabrda Vengriya futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Shomurodov ham ketdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
05/10/2021 13:39
Оббо қоравойэээ. Бизнинг Элдорни заҳирада қолдириб, ўз мақсадингга етидингда. Майли омад сенга ҳам...
Келиб ўрнингни Элдорга тезда бўшатиб бергин деб қоламиз.
&
Бухорий Шариф
05/10/2021 13:39
Оббо қоравойэээ. Бизнинг Элдорни заҳирада қолдириб, ўз мақсадингга етидингда. Майли омад сенга ҳам...
Келиб ўрнингни Элдорга тезда бўшатиб бергин деб қоламиз.