Rasman! Abidal "Barselona"ga qaytdi
Frantsiyaning yaqin o‘tmishdagi eng kuchli himoyachilaridan biri Erik Abidal yana "Barselona"ga qaytdi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
38 yoshli sobiq futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” safida texnik kotib lavozimida faoliyat olib boradi. “Barselona” esa uning rasmiy tanishtiruv marosimini 18 iyul kunga rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, klubda bundan avval ushbu lavozimda Robert Fernandes ishlab kelayotgan edi. Biroq, rahbariyat u bilan shartnomani uzaytirishni istamadi.
Ma’lumot uchun, Abidal 2007-2011 yillarda “Barselona” sharafini himoya qilgan.



Fikrlar