
Rasman! "Al-Nassr"ning bugungi o‘yini qoldirildi (foto)
Bugun Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al-Nassr" - "Al-Tai" uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak edi. O‘yin 20:00 da start olishi ko‘zda tutilgan edi.
Biroq ushbu bahs noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, bellashuv ertaga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval ushbu klub Krishtianu Ronaldu transferini e’lon qilgandi. Shuningdek, jamoa tarkibida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ham to‘p tepadi.
Fikrlar