Rasman! Aleksandr Xomyakov "Andijon"ni tark etdi

  • 4 may, 15:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, kecha "Andijon" klubi Olmaliqda OKMK jamoasiga 4:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

"Burgutlar" birinchi bo‘limdan so‘ng 1:3 hisobida oldinda edi va mezbon futbolchisi maydondan chetlatilgandi. Shundan so‘ng maydon egalari uchrashuv yakuniga qadar hisobni 4:3 ga o‘zgartirib g‘alabani ilib ketdilar. Bugun esa bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov iste’foga chiqarildi.

“Andijon” jamoasining oxirgi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalaridan so‘ng bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Aleksandr Xomyakov iste’foga chiqdi.

Yangi bosh murabbiy tayinlangunga qadar jamoamizni vaqtincha Artyom Petrosyan boshqarib turadi. 

Aleksandr Andreevichga jamoamizda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz", - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Abdullayev
06/05/2025 15:24
Эдгар Гессни чакирилар )))
Negmat Negmatov
04/05/2025 21:43
Русчасига айтганда '"не по делу проиграли '" , уйинни рефери ютди, 2-чи Гоол урилганда Хомяков ни хурсандчилигини кургандир хамма. Вахт бериш керак эди, Андижон ФК ютказади тренерни алмаштириб.
&
Одижон Таджибаев
04/05/2025 15:51
Кубокни ютганлар Кани...?
&
Одижон Таджибаев
04/05/2025 15:49
Уиган йилги йигитлар Кани?... Мана шу хато булган.