
Rasman! "Arsenal" qishki transferlar oynasidagi ilk xaridini amalga oshirdi
Berlinning "Gerta" klubi himoyachisi Omar Rekik "Arsenal" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Hozircha 19 yoshli tunislik futbolchi “kanonirlar” bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani ma’lum qilinmayapti. Rekik enji "Arsenal" U23 jamosi safida to‘p suradi.
Rekik “Gerta”ga kelgunicha "Marsel", PSV, "Manchester Siti" va "Feyenoord" kabi klublar safida turli yosh toifalarida harakat qilgan.
Fikrlar