
Rasman! "Arsenal" "Real" futbolchisini ijaraga oldi
"Arsenal" "Real" yarim himoyachisi Martin Edegorni ijaraga oldi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Futbolchi mavsumning qolgan qismini London klubida o‘tkazadi. Edegor "kanonirlar" safida O‘zildan bo‘shab qolgan 11-raqam ostida harakat qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Real" Martinning ijarasidan 2 million evro ishlab oladi va sotib olish shartini shartnomaga kiritmaydi. Joriy mavsum norvegiyalik yarim himoyachi 7ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar