
Rasman! "Atalanta" yulduzi "Inter"ga o‘tdi
"Atalanta" a’zosi Robin Gosens "Inter" futbolchisiga aylandi. Milanliklar germaniyalik iqtidorni sotib olish huquqi bilan ijaraga olgani aytilmoqda.
Ushbu transfer uchun "neradzurrilar" turli bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 25 million sarfladi. Himoyachi yanvardayoq yangi klubi safiga borib qo‘shiladi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Ma’lumot uchun, Robin Gosens joriy mavsum A Seriya doirasidagi 6 ta o‘yinda 1 gol va 1 assist qayd etgan.
"Transfermarkt" portalida futbolchining bahosi 35 million evro etib belgilangan.
Fikrlar