
Rasman! "Atalanta"ga yangi futbolchi keldi
"Sampdoriya" vingeri Fabio Depaoli faoliyatini "Atalanta"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Bergamoliklar rasmiy saytining xabar berishicha, “Atalanta” 23 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Transferning qolgan ma’lumotlari oshkor etilmayapti.
Depaoli o‘tgan mavsum A Seriyada 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar