Rasman! Azar "Borussiya" futbolchisi (foto)
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Torgan Azar "Borussiya" Dortmund futbolchisiga aylandi. Bu haqda "arilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Belgiyalik futbolchi jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, mazkur transfer dortmundliklarga 25 mln evroga tushgan.

"Myonxengladbaxda o‘tgan 5 yil uchun jamoaga rahmat aytaman. Faoliyatimida yangi bosqichga ko‘tarilishning hozir ayni vaqti. Men mazkur klub a’zosiga aylanganimdan shodman. "Borussiya" Dortmund ajoyib muxlislarga ega bo‘lgan jamoa sanaladi", - dedi Torgan Azar.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi yakuniga etgan mavsumda 35 uchrashuvda maydonga tushdi va 13 ta gol kiritib, 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar