Rasman! "Barselona" AQSh terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma imzoladi

  • 1 oktabr, 2020, 17:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" o‘zining rasmiy saytida "Ayaks" himoyachisi Serjino Destning transferini rasman e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, 19 yoshli amerikalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi. Uning transferi esa kataloniyaliklarga 25 mln evroga tushdi. Aytish kerakki, ushbu summa kelajakdagi bonuslar hisobiga yana 5 mln evroga ortishi mumkin. Destning tovon puli 400 mln evro etib belgilandi.

Serjino o‘tgan mavsum “Ayaks” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!