Rasman! "Bavariya" yangi hujumchi sotib oldi

  • 13.05.2020 15:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Xoffenxaym" klubi forvardi Armindo Ziba rasman "Bavariya"ga ko‘chib o‘tdi.

Myunxenliklar rasmiy saytining xabar berishicha, 17 yoshli germaniyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan. Endi Ziba "Bavariyu" U-19 jamoasi safiga borib qo‘shiladi.

Armindo Ziba joriy mavsum jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!