
Rasman! "Bavariya" yangi hujumchi sotib oldi
Myunxenning "Bavariya" klubi o‘zining rasmiy saytida "Shtutgart" forvardi Leon Dayaka bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 18 yoshli futbolching transferi nemis grandiga 1,5 million evroga tushgan. Tomonlar esa o‘zaro 2023 yilgacha shartnoma imzolashgan.
Ma’lumot uchun, Dayaka “Shtutgart” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada bor yo‘g‘i 2ta o‘yinda maydonga tushgan xolos. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 300 ming evroga baholanmoqda.
Fikrlar