Rasman! Bektemir Meliqo‘zievning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 22 yanvar, 2021, 02:04
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super-o‘rta vazn toifasida (76kg) o‘z faoliyatini olib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziev (6-0, 5KO) navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Bokschimiz 13 fevralda Kaliforniya shtati, Indio shahridagi "Fantasy Springs Resort Casino" arenasida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ringga chiqadi. Jang 10 raundlik etib belgilangan. Hozirda, raqib borasida ma’lumotlar yo‘q. Jang kechasi asosiy kardida yarimengil vazn toifasida IBF chempioni Yozef Diac o‘z kamarini da’vogar, tojikistonlik Shavkatjon Rahimovdan himoya qiladi.

Aslida, Meliqo‘ziev 30 yanvar kuni sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Ammo Kovalyov VADA tekshiruvidan o‘ta olmagach, jang kechasi bekor qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!