
Rasman! "Beshiktosh" bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Abdullax Avji “Beshiktosh” klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, bundan bir necha kun oldin “Beshiktosh” Turkiya kubogi 1/8 finalida quyi liga jamoasiga imkoniyatni boy berib musobaqadan chiqib ketgan edi. Turkiya Superligasida esa jamoa ayni damda 7-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, 56 yoshli mutaxasssis “Beshiktosh”ni o‘tgan mavsumning oxirlaridan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Fikrlar