Rasman! Boateng jamoasini tark etdi
30 yoshli ganalik yarim himoyachi Kevin-Prins Boateng rasman “Las-Palmas” klubini tark etdi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni muddatidan avval yakunlashga qaror qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Boateng shu yilning may oyida ispan klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi. Biroq, futbolchi oilaviy sabablarga ko‘ra ushbu shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar