
Rasman! "Chelsi" futbolchisi APL klubiga ko‘chib o‘tdi
"Kristal Pelas" jamoasi "Chelsi" hujumchisi Mishi Batshuayi transferini e’lon qildi.
"Burgutlar" belgiyalik futbolchini 1 yil muddatga ijaraga oldi. Qizig‘i, o‘tgan mavsumda ham Batshuayi aynan "Kristal Pelas" ijara asosida harakat qilgan edi.
26 yoshli forvard ortda qolgan vaqt ichida "burgutlar" tarkibida 13 o‘yin o‘tkazib, 6 ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar