
Rasman! "Chelsi"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
"Brayton" ustozi Grem Potter rasman "Chelsi" bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda "ko‘klar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub mutaxassis bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Potter "arristokratlar"ning so‘nggi 10 yillikdagi 11-murabbiyiga aylandi. "Brayton" bundan 16 million funt kompensatsiya puli ishlab oladi.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" "Dinamo" Zagrebdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Tomas Tuxelni ist’efoga chiqargandi.
Fikrlar